|
Barcha TV orqali yulduzlarning chiroyli chiqishlarini ko`rishadi va chiroyli so`zlarini tinglashadi. Ammo hayotda-chi? Ularning turli injiqliklari-yu, g`alati odatlari borligini bilamizmi? Yo`q! Ichkarida yulduzlarning mana shu odatlari to`g`risida hikoya qilamiz... Yulduz Usmonova. Bilasiz, yulduzimiz jaydari, o‘z hayotiy qoidalarini o‘zgartirmaydigan qat’iyatli ayol. Hatto, qachondan buyon poytaxtga ko‘chib kelib yashayotgan bo‘lsa-da, farg‘onacha shevasini saqlab qolgan. Tashqi ko‘rinishini tez-tez o‘zgartirib tursa-da, tirnoq o‘stirganini ko‘rmaganmiz. Katta sahnalarda kamdan-kam holatda yasama tirnoqda ko‘rish mumkin. Rayhon. Bu qiz turli-tuman, antiqa taqinchoqlarga o‘ch. Tabiatan injiq, o‘ziga nisbatan o‘ta e’tiborli. So‘nggi ikki yil davomida qo‘ng‘iroq sochlarini tez-tez o‘zgartirib, tekislattirdi. Sevara Nazarxon. O‘ta oddiy, kiyinish madaniyati ham o‘zgacha. Noan’anaviy narsalarni yaxshi ko‘radi. Bir paytlar qoshiga munchoq taqqandi. D
...
Batafsil
Просмотров:
95046
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
23.04.2007
|
|
“Allo, allo, yaxshi qiz, siz meni tanimaysiz...”. Bir ko‘rishda husniga mahliyo bo‘lib qolgan “Bolalar” guruhining sardori bir amallab qizning telefonini topib, unga qo‘ng‘iroq qiladi va qo‘shiq tarzida ko‘nglidagi to‘yg‘uni izhor etadi. E’tibor qiling, qo‘shiq tarzida... 90-yillarning boshida yaratilgan shu qo‘shiqdan keyin hech kim dardini telefon orqali ochib-sochmadi. Zamon rivojlanib boravergani sari qiz bilan yigit uchrashuvlarida biroz erkinlik paydo bo‘lgandir-da!.. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, estrada olamiga “Xo‘ja” guruhi tashrif buyurgach, Izzat Ibragimovga tinimsiz muxlisalar qo‘ng‘iroq qila boshlashdi. Ular orasida indamas qizlar ham bor ekan. Qo‘ng‘iroq qilib mum tishlab turishlariga toqat qila olmagan Izzat kuylay boshladi: “Ayting, ayting, ayting kimsiz, nega qo‘ng‘iroq qilasiz, kimsiz, javob bersam indamaysiz kimsiz, bilaman, siz go‘zal qiz”... Shu qo‘shiqdan so‘ng biroz qo‘ng‘iroqlar tinchigan edi. Bu yil esa uyali aloqa tizimi shunchalik rivo
...
Batafsil
Просмотров:
3469
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
23.04.2007
|
|
Bolaligimizdan qulog‘imizda “sport - sog‘liq garovi” degan ibora muhrlanib qolgan. Aslida bu so‘zni shunchaki biz yod olishimiz uchun aytishmagan, muntazam sport bilan shug‘ullanib, tanamizni chiniqtirishimiz va bu orqali sog‘lig‘imizga e’tibor qaratishimiz kerakligi uchun ta’kidlashgan. Bugun san’atimiz yulduzlarining qaysi sport turi bilan shug‘ullanishiga e’tibor qildik. Xulosaga ko‘ra yulduzlar, faqat o‘ziga oro berib, sigareta chekib, oliftachilik qilib yuradiganlar emas, balki ancha-muncha sportchi ham chiqib qoldilar... Ruslan Sharipov bilan hech qaysi xonanda yonma-yon turib, bo‘yini taqqoslay olmasa kerak. Ruslanga stol tennisi bo‘yicha ham hech kim teng kelolmaydi. Ancha vaqtdan buyon billyardchilar safiga qo‘shilgan xonanda hozir mohir o‘yinchilar ro‘yxatining yuqori pog‘onasida turadi. Anvar Sanayev yoshligida onda-sonda kurash tushib turgan. Hozir u billyardning ashaddiy ishqibozi. Yugurish bo‘yicha ham Sanayevga teng keladiganlar kam. Unutmang, poygada yugurish bu
...
Batafsil
Просмотров:
2141
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
23.04.2007
|
|
1991 yili Toshkent shahrida ilk bor Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan zamonaviy qo‘shiqlar tanlovida M.Nomozov qadimiy xalq ohanglarini zamonaviy estrada yo‘lida qayta ishlab ijro etgan “Baxshiyona” qo‘shig‘i bilan ikkinchi mukofotga sazovor bo‘ldi... Mahmud Nomozov 8 may kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, Fayzovo qishlog‘ida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatib Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining (hozirgi Pedagogika universiteti) “Musiqa va ashula” fakultetiga o‘qishga kirdi. 1981 yili institutni shu mutaxassislik bilan tamomladi. O‘sha vaqtda u “Rayhon” ansamblida ishlab, ko‘p o‘tmay unga rahbar etib tayinlandi… 1991 yili Toshkent shahrida ilk bor Botir Zokirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan zamonaviy qo‘shiqlar tanlovida M.Nomozov qadimiy xalq ohanglarini zamonaviy estrada yo‘lida qayta ishlab ijro etgan “Baxshiyona” qo‘shig‘i bilan ikkinchi mukofotga sazovor bo‘ldi. M.Nomozovning ijodiy hamkori “Surxon” guruhi 1999 y
...
Batafsil
Просмотров:
4687
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
23.04.2007
|
|
Navro`z munosabati bilan hozirdanoq bayram tadbirlari boshlandi. San`at shaydosi borki, o`ynoqi, sho`x tarona yangrashi bilanoq, raqsga tushib ketgisi keladi. Halі tilida “yuragida o`ti bor” deya atalajak kishilar esa har qanday davrani jonlantirib, boshqalarni raqsi bilan sehrlab qo`yadi. Xo`sh, ana shunday taronalarni “yetishtirib” beradigan san`atkorlarning o`zlari-chi? Ular ham raqsga tushadilarmi? Shuni bilish uchun bir necha san`atkor bilan bog`lanishga urindik. Savolimiz: qaysi ashulaga miriqib raqsga tushasiz?.. Mavluda Asalxo`jayeva: - (o`ylanib). Bu haqda o`ylab ko`rmagan ekanman. Odamlarni raqsga chorlab, qo`shiq aytamiz. Qo`shig`imizga hamma miriqib raqsga tushsa, quvonamiz... O`zimga kelsak, armancha qo`shiqlarga o`ynashni boplayman. Ha, aytganday, Yulduz Usmonovaning “Atirgul” qo`shig`ini eshitishim bilan o`z-o`zidan yelkalarimni uchiraveraman. O`yinga tushib ket
...
Batafsil
Просмотров:
2297
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
21.03.2007
|
|
Rayhonning minglab muxlislari borligi hech kimga sir emas. Kimdir uning maftunkor chehrasiga oshiq bo‘lsa, yana boshqalar qo‘shig‘iga shaydo bo‘lishgan. Har yili ikki yoki uchta qo‘shig‘i ommalashayotgani Rayhonning omadli xonanda ekanidan dalolat. Tahririyatimizga Rayhon bilan suhbat qilishimizni iltimos qilib juda ko‘p muxlislarimiz qo‘ng‘iroq qilishdi. Va nihoyat u bilan dildan suhbatlashishga ahd qildik. — Oxirgi paytlardagi qo‘shiqlaringizning deyarli barchasi ommalashmoqda... — Bu juda yoqimli, albatta. — Atrofingizda raqobatdosh hamkasblaringizning yo‘qligi sabab bo‘layotgandir? — Men raqobat haqida o‘ylamayman. Ijod qilaman, xolos. Raqobatning bo‘lgani ma’qul, albatta. Biroq bu tushunchani har kim har xil talqin etadi-da. Hamma narsadan yaxshi jihatni izlab topishimiz kerak, menimcha. Men ishlayapman va mehnatim natijasini ko‘rishga intilyapman. Nolimayman. Hammasi ko‘ngildagidek bo‘layapti, nazarimda. — Shahzoda bilan sizni raqibalar sifatida tilga olishadi
...
Batafsil
Просмотров:
2315
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
18.02.2007
|
|
Albatta, bugungi kunda istagan do‘kon yoki supermarketda mahsulotlarning reklamasini uchratib ajablanmaymiz. Yaqin kelajakda esa reklama qilish vazifasini... mahsulotlarning o‘zlari zimmalariga oladiganga o‘xshab turibdi. Plastic Logic elektron firmasi injenerlari va olimlari yangi texnologiya ishlab chiqdilar. Unga ko‘ra, misol uchun, konserva bankasining yuza qismiga ham mittigina plastmassa ekran o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Demak, endi xaridor yonidan o‘tib ketayotgan mahal bunday konservalar darhol o‘zlari qadoqlagan mahsulotni ekranlarida ko‘z-ko‘zlab, sotib olishga unday boshlashadi. Bu vizual reklamani mikrofon va mikroprotsessorga ulash orqali esa targ‘ibot jarayoniga ovozni ham qo‘shish mumkin bo‘ladi. Ushbu yangi texnologiya asosida silikon chiplar yotadi. Mutaxassislar televizorlarda, MR3-pleyerlarda, qo‘l telefonlarida ishlatiladigan silikonni plastmassaga almashtirish orqali yangi texnologiyaning tannarxini keskin arzonlashtirish imkoniyati tug‘iladi. Pla
...
Batafsil
Просмотров:
2077
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
14.02.2007
|
|
Uinston Cherchill kamdan-kam adashgan. Uning uzoq kelajak to‘g‘risidagi bashoratlari ham deyarli to‘la amalga oshganligi shundan dalolat berib turadi. — Oradan ellik yil o‘tgandan keyin go‘sht yetishtirish borasidagi barcha g‘am-tashvishlar barham topadi, — degandi go‘shtni yaxshi ko‘rishi bilan tilga tushgan Cherchill 1936 yili. — Demoqchimanki, tovuq go‘shti yeyish uchun butun boshli tovuqni yetishtirish shart bo‘lmay qoladi... Ha, Cherchillning bashorati o‘tgan asr oxirida emas, yangi asr boshiga kelib haqiqatga aylanmoqda. Dadil taxminlarga qaraganda, yaqin kelajakda chorvachilik butkul inqirozga yuz tutishi mumkin. Agar jarayon shu tarzda davom etsa, yana 20-25 yildan keyin sigirlar va cho‘chqalarni faqat zooparklarda uchratish mumkin bo‘lib qoladi. Gap shundaki, dunyoning bir necha mamlakati patent byurolari laboratoriyada go‘sht yetishtirish texnologiyasiga tegishli guvohnomalarni berib ulgurishdi. Endi insoniyatni go‘sht bilan ta’minlash uchun odatdagi masha
...
Batafsil
Просмотров:
2507
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
14.02.2007
|
|
Odatda “Britaniya” atamasidan keyin ko‘p hollarda “an’analar” so‘zi ishlatiladi. Bu bejiz emas, albatta. Birgina misol. Keyingi yillarda Buyuk Britaniya jurnalistlari Yangi yil ta’tillarida bosh vazir Toni Bler aynan kimning hisobidan dam olganligi bilan astoydil qiziqib qoladilar. Jurnalistlarning qayd etishlariga qaraganda, bosh vazir aksar hollarda soliq to‘lovchilar mablag‘i hisobiga dam olar ekan. Bu yil ham xuddi shunday bo‘lgan. Rojdestvo ta’tilini Bler oilasi Mayamida, bir vaqtlar mashhur bo‘lgan “Bi Djiz” triosining ishtirokchisi Robin Gibbs villasida o‘tkazishgan. Mayami rieltorlarining hisob-kitoblariga qaraganda, o‘n xonali villada o‘n kun dam olish eng kamida 60 ming funt sterling turadi (120 ming dollarga yaqin). Buyuk Britaniya yetakchisining matbuot xizmati esa Blerlar villa egalari bilan ijara haqida o‘zaro kelishgan holda tegishli mablag‘ni xayriya jamg‘armasiga o‘tkazganini bildirgan. Biroq musiqachi Robin Gibbsning sobiq rafiqasi Dvina Gi
...
Batafsil
Просмотров:
30313
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
14.02.2007
|
|
Avstraliyaning Melburn shahrida bu yilgi mavsumning dastlabki eng yirik tennis chempionati yakunlanganiga hali ko‘p bo‘lgani yo‘q. Qisqa muddat davomida dunyo raketka ustalarini o‘z bag‘riga chorlagan qit’a-davlatda, nihoyat, eng kuchlilar saralandi. Ayollar o‘rtasida kechgan finalda rossiyalik Mariya Sharapova yaqinda katta sportga qaytgan Serena Uilyamsga qarshi kortga tushdi. Aytish mumkinki, so‘nggi match kutilmaganda jahonning 81-tennischisi Serenaning foydasiga hal bo‘ldi — 6:1, 6:2. Shunday qilib okeanortilik tennischi “Katta dubulg‘a” turkumidagi turnirlarning sakkizinchisida shohsupaning eng yuqori qismiga ko‘tarilishga erishdi. Bundan oldin u “Australian Open”ning 2003 va 2005 yilgi mavsumlarida kubokni qo‘lga kiritgandi. Mariya esa finaldagi mag‘lubiyatiga qaramasdan, dunyo reytingidagi yetakchiligini saqlab qoldi.
...
Batafsil
Просмотров:
1529
|
Добавил:
bloknot
|
Дата:
02.02.2007
|
| |
|
| Yangiliklar taqvimi |
| « Июль 2026 » | | Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс | | | | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 |
|
| Do`stlarim |
 |
|