BloknotВоскресенье, 12.07.2026, 05:44

Salom Гость | RSS
Bosh sahifa | Ma`lumotlar katalogi | Ro`yhatdan o`tish | Kirish
Sahifalar

Katalog kategoriyalari
Madaniyat olami [12]
Mashhurlar hayoti [11]
Kulgixona [3]
Foydali maslahatlar [6]
Uyali aloqa [2]
Bilasizmi??? [5]
Ruhiyat olami [3]
Nazm gulshani [2]

So`rovnoma
Sizningcha qaysi san`atimiz vorisi yaxshi ijod qilyapti?
Всего ответов: 385

Bosh sahifa » Maqolalar » Kulgixona

Kategoriyada maqollar soni: 3
Ko`rsatildi: 1-3

Tartibga solish: Sana bo`yicha · Nomi bo`yicha · Reytingi bo`yicha · Kategoriya bo`yicha · Ko`rishlar bo`yicha
Boshqalarni bilmadim-u, ammo mening xotinimga gap yo‘q. Bo‘yi naq bir metru sakson santimetr. Bunday xotin bilan kim ham faxrlanmaydi deysiz?

Bilamiz. Ba’zi erkaklar o‘zlarining ozg‘ingina xotinlari bilan g‘ururlanib qo‘yishadi.

— Xotinimning qomati 90-60-90, — deya do‘ppilarini osmonga otishadi. Vey, hozirgi zamonda bunaqangi xotin bilan ko‘chaga chiqib bo‘larkanmi? Ayniqsa, kechalari. Nima ko‘p, o‘g‘ri, bosqinchi ko‘p. Xotiningga qo‘shib o‘zingniyam teringni shilvolishadi. Ha, endi, bir dunyo pul sarflab uylanganingdan keyin o‘shanaqangi og‘ir damlarda qo‘ltig‘ingga kirmasa, unday xotinning nima keragi bor?

Kulgixona | Просмотров: 1117 | Добавил: bloknot | Дата: 02.02.2007 | Комментарии (0)

Tirikchilik-da! Xolnisa kampir o‘ylay-o‘ylay, shahar qabristoniga keldi. Yaqindagina bayram o‘tdi. Qabrlar tepasiga chiroyli-chiroyli gullar qo‘yib ketishgan odamlar. “Shularni sekin to‘plab, bozorga olib borib sotsam, yaxshigina pul bo‘lardi”, ko‘nglidan o‘tkazdi u va qorong‘ilikda turtina-turtina qabrlardan biri tepasiga kelib guldastaga qo‘l cho‘zdi. Kim bilsin? Qabrtosh qo‘yilmagan ekan. Buning ustiga, eskiroq, shekilli, nurab turgan ekanmi, kutilmaganda qabr o‘pirilib, Xolnisa kampir pastga quladi.
Kulgixona | Просмотров: 1060 | Добавил: bloknot | Дата: 02.02.2007 | Комментарии (0)

Uyda o‘tirgandim. Negadir “09” ga qo‘ng‘iroq qilgim keldi. Go‘shakni ko‘tarib raqamlarni terdim. Narigi tarafdan erkak kishining muloyim ovozi eshitildi.

— Kechirasiz, sizlarda pishloq bormi? — so‘radi u.

— Yo‘q, men aslida “09”ga qo‘ng‘iroq qilayotgandim. Siz adashib mening raqamimga tushib qoldingiz, — javob qildim men va qaytadan o‘zimga kerakli raqamni terdim.

Kulgixona | Просмотров: 1021 | Добавил: bloknot | Дата: 02.02.2007 | Комментарии (0)

Fan klub

Qidirish

Do`stlarim

Alizeening forumi


Copyright Hurshidbek Yoqubjonov © 2007
Хостинг от uCoz